29/12/2022

Chust tumanida 2022- yilning yanvar-noyabr oylarida chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 1 trln. 547,9 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 2021- yil yanvar-noyabr oylariga nisbatan 25,2 % ga ko‘paygan. Chakana savdo tovar aylanmasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarining ulushi 1 trln. 98,0 mlrd. so‘mni, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 449,9 mlrd. so‘mni tashkil etgan. Aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 5 mln. 600,4 ming so‘mdan to‘g‘ri kelmoqda.