28/07/2023

Yangiqo‘rg‘on tumanida 2023- yilning 1- yanvar holatiga doimiy aholi soni 232,1 ming kishini tashkil etib, 2022- yilga nisbatan 2,3 foizga ko‘paydi. Doimiy aholi soning 50,8 %ini erkaklar 49,2 %ini ayollar tashkil etadi. 2023- yilning yanvar- iyun oylarida tug‘ilganlar soni 2786 kishini, vafot etganlar soni 373 kishini tashkil qilgan. Shuningdek, 2023- yilda FHDYO organlarida 476 ta nikohlar va 131 ta ajralishlar ro‘yxatga olingan. 2023- yilning yanvar-iyun oylarida Yangiqo‘rg‘on tumani bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 84 kishini, shu davr mobaynida ko‘chib ketganlar soni esa 131 kishini tashkil qilgan.