2023- yil 4- avgust kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan “Huquqiy bilimlar” o‘quv mashg‘uloti bo‘yicha yig‘ilishda boshqarma bosh yuriskonsulti B.Ismatullayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.07.2023- yildagi “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-120-son Farmoni yuzasidan tushunchalar berilib, Farmonga ko‘ra 2023- yil 1- avgustdan boshlab zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa, ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori, o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga beriladigan nafaqa miqdori, boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun hamda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori nafaqa miqdori — oyiga 568 000 so‘m va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun — 198 000 so‘m etib belgilanligi to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.07.2023- yildagi “Davlat muassasalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 302-son Qarori xususida ham to‘xtalib, unda davlat muassasasining huquqiy maqomi, huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi, davlat muassasasini, uning filiallari va vakolatxonalarini tashkil etish hamda faoliyatini nazorat qilish va tugatish tartiblari to‘g‘risida yig‘ilish qatnashchilariga batafsil ma’lumotlarlar hamda ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga javoblar berib o‘tildi.
Seminar davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga boshqarma bosh yuriskonsulti B.Ismatullayev tomonidan batafsil ma'lumotlar berildi.