2023- yilning 7- avgust kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasida, viloyatimizda kuzatilmaydigan iqtisodiyotni baholash maqsadida joriy yilning 7-25- avgust kunlari hududlarda uy xoʻjaliklarining transport, yashash va ovqatlanish, madaniyat, taʻlim va sogʻliqni saqlash xizmatlariga xarajatlarini oʻrganish yuzasidan tanlanma kuzatuv oʻtkazish boʻyicha seminar-trening oʻtkazildi.
Seminarda, Statistika agentligan biriktirilgan mutaxassis soʻzga chiqib, tanlanma kuzatuvning mazmun-mohiyati va maqsadlari, tanlanma kuzatuvni belgilangan hududlarda oʻz vaqtida sifatli tashkil etish, kuzatuv natijalari boʻyicha soʻrovnoma maʻlumotlarini oʻz vaqtida dasturiy taʻminotga kiritib borish va oʻtkazilgan tanlanma kuzatuv yakunlari boʻyicha natijalarning umumlashtirish, puxta va sifatli tahlil qilinishi boʻyicha jalb etilgan intervyuyerlarga topshirqlar berildi.