31/07/2023

2023- yil 31- iyul kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi hamda tuman (shahar) statistika bo‘limlari xodimlari ishtirokida “Korrupsiya-global illat” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda boshqarma boshlig‘i S.Melixujayev hamda bosh yuriskonsult B.Ismatullayevlar ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazishi, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib kelishi, shu bois unga qarshi kurash xalqaro ahamiyat kasb etib, jahon siyosatining muhim masalalari qatoridan joy olganligini, ayni damda dunyoda ko‘plab jinoyatlarga sabab bo‘layotgan nafs balosi, ya’ni korrupsiya va poraxo‘rlik natijasida yiliga bir necha trillion dollardan ortiq mablag‘ o‘zlashtirib yuborilayotganligini aytib o‘tishib, korrupsiya illatiga qarshi kurashish va barham berish siyosati davlat va jamiyat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanishi lozimligini, korrupsiya o‘zimizga, balki davlatimizni kelajagiga ham to‘siq bo‘lishini, hammamiz uni oldini olish borasida birgalikda kurash olib borishimiz lozimligini ta’kidjlab o‘tishdi.