2023- yil 11- avgust kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan navbatdagi “Huquqiy bilimlar” o‘quv mashg‘ulotida boshqarma bosh yuriskonsulti B.Ismatullayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 09.08.2023- yildagi “Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 31-moddasiga o‘zgartirish kiritish haqida Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 08.08.2023- yildagi «Umra» tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishda ziyoratchilarning manfaatlarini samarali himoya qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 345-son Qarori mazmun-mohiyati bo‘yicha tushunchalar berildi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasining 09.08.2023- yildagi “Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 31-moddasiga o‘zgartirish kiritish haqida Qonuniga kiritilgan o‘zgarishga ko‘ra, advokat maqomiga ega bo‘lishga talabgor shaxs litsenziya olish uchun advokatlik tuzilmasida (advokatlik byurosida, advokatlik firmasida, advokatlik hay’atida, yuridik maslahatxonada) kamida uch oy muddat stajirovka o‘tashi kerakligi hamda malaka imtihonini topshirishi shartligi belgilanganligi aytildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.08.2023- yildagi ““Umra”” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishda ziyoratchilarning manfaatlarini samarali himoya qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 345-son Qaroriga binoan, “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish faoliyati faqat mahalliy turoperator tomonidan amalga oshirilishi belgilanganligini hamda “Umra” xizmatlari davomida ziyoratchilarning guruh rahbari etib O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan tuziladigan shartnoma asosida uning diniy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassislarini tayinlashi, turoperator shtatida diniy (islomiy) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha respublika ta’lim muassasasi yoki O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi yoxud magistratura mutaxassisligi bitiruvchisi bo‘lgan kamida bir nafar mutaxassisning bo‘lishi, “Umra” xizmatlarini voyaga yetmagan fuqarolarga ko‘rsatmaslik va “Umra” xizmatlarini Saudiya Arabistoni Podshohligidagi hamkor tashkilot o‘rtasida imzolanadigan shartnomaga muvofiq amalga oshirish qarorda belgilanganligi to‘g‘risida tushunchalar berildi.
O‘tkazilgan seminar qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.