08/09/2023

2023- yil 8- sentabr kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan navbatdagi “Huquqiy bilimlar” o‘quv mashg‘ulotida boshqarma bosh yuriskonsulti B.Ismatullayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.09.2023- yildagi “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2023- yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-292-son Qarori mazmun-mohiyati bo‘yicha tushunchalar berildi.

Seminar davomida mazkur Qarorning mazmun-mohiyati to‘liq tushuntirilib, endilikda kameral soliq tekshiruvini o‘tkazishda soliq to‘lovchining hududiga kirish, soliq to‘lovchining hududini va binolarini ko‘zdan kechirish, soliq to‘lovchidan hujjatlarni talab qilib olish va uni chaqirtirish, soliq to‘lovchining hujjatlari va buyumlarini olib qo‘yish taqiqlanishini hamda 2024- yil 1- yanvardan boshlab aholi va tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan kreditlar bo‘yicha qarzdorlikni undirish bo‘yicha sudning hal qiluv qarori chiqarilganda, mazkur kreditlar bo‘yicha foizlar va neustoyka hisoblanishi to‘xtatilishi, to‘lov miqdori kredit majburiyatlarini bajarish uchun yetarli bo‘lmaganda, mablag‘larni, birinchi navbatda, mutanosib ravishda muddati o‘tgan asosiy qarz va foiz qarzdorliklarini, ikkinchi navbatda joriy to‘lov uchun hisoblangan foizlar va asosiy qarzni, keyingi navbatlarda neustoyka va ijro xarajatlarini qoplashga yo‘naltirish tartibi o‘rnatilishini, shuningdek iqtisodiy sudlar tomonidan soliq organlari ishtirokida ko‘rilayotgan ishlar ma’muriy sudlar yurisdiksiyasiga o‘tkazilishini va soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddati besh yildan uch yilga tushirilishini aytib yuqoridagi qaror haqida to‘liq tushunchalar berib o‘tdi.

O‘tkazilgan seminar qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.