2023- yil 30- avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati boshlig‘i B.Melikmurotov tomonidan Namangan viloyat statistika boshqarmasi hamda shahar-tuman statistika bo‘limlari tomonidan korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik va unga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish yuzasidan seminar o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Statistika agentligi tizimida korupsiyaviy holatlarning oldini olish va ushbu illatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan samarali ishlar olib borilayotganligi, tizimda korrupsiyaviy holatlar haqida o‘z vaqtida xabar berganlik uchun tashabbuskor xodimlarni rag‘batlantirish talablari va tartiblari to‘g‘risida to‘liq tushunchalar berildi.
Shuningdek, B.Melikmurotov tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati hamda ushbu sohaga oid O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va Qarorlari va boshqa ichki idoraviy hujjatlar xususida ham alohida to‘xtalib o‘tdilar.
Namangan viloyati statistika boshqarmasi va tuman-shahar statistika bo‘limlarida korrupsiyani oldini olish bo‘yicha ma’muriy bino va xizmat xonalarini tegishli plakat, banner va fla’erlar bilan doimiy ravishda to‘liq jihozlash va ularni yangilab borish to‘g‘risida tavsiyalar berildi.