Oʻzbekiston Respublikasi Open Data Inventory (ODIN) ochiq ma’lumotlar reytingida 70 ball toʻplagan holda dunyoda 30-oʻringa ko‘tarildi. Mazkur natija mamlakatimizda ochiqlik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning yaqqol ifodasidir. Open Data Inventory (ODIN) ochiq ma’lumotlar reytingida 195 ta mamlakat baholandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Open Data Watch tashkiloti bilan 2019 yildan boshlab, YEXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari Koordinatori koʻmagida hamkorlik qilib kelmoqda.
Oʻzbekiston Open Data Inventory (ODIN) reytingida:
- 2015 yilda baholangan jami 125 ta mamlakat ichida 3 ball to‘plagan holda oxirgi 125-o‘rinni;
- 2016 yilda baholangan jami 173 ta mamlakat ichida 13 ball to‘plagan holda 168-o‘rinni;
- 2017 yilda baholangan jami 180 ta mamlakat ichida 18 ball to‘plagan holda 167-o‘rinni;
- 2018 yilda baholangan jami 178 ta mamlakat ichida 19 ball to‘plagan holda 168-o‘rinni;
- 2020 yilda baholangan jami 187 ta mamlakat ichida 63 ball to‘plagan holda 44-o‘rinni;
- 2022 yilda baholangan jami 192 ta mamlakat ichida 66 ball to‘plagan holda 40- o‘rinni egallagan.
2023 yilda baholangan mamlakatlar soni 195 taga yetkazildi va qayta baholandi. Mamlakatimiz ushbu reytingda 30-o‘ringa ko‘tarildi.
https://odin.opendatawatch.com/Report/rankings
https://odin.opendatawatch.com/Report/countryProfileUpdated/UZB?year=2022
https://odin.opendatawatch.com/Report/rankings
Xususan, Open Data Inventory (ODIN) - rasmiy statistika kamchiliklarini aniqlash, ochiq ma’lumotlar siyosatini ilgari surish, milliy statistika organlari bilan ma’lumotlardan foydalanuvchilar oʻrtasida muloqotni yaxshilash va ragʻbatlantirishga qaratilgan qamrov va ochiqlikni baholaydi.
Open Data Watch – ochiq ma’lumotlar va rasmiy statistika oʻrtasida faoliyat olib boruvchi xalqaro notijorat tashkilot. Ularning faoliyati rasmiy statistik ma’lumotlarni ishlab chiqish va boshqarishda oʻzgarishlarni amalga tatbiq qilishdan iborat. Open Data Watch tashkiloti butun dunyo boʻyicha mamlakatlar rasmiy statistikasining qamrovi va ochiqligini yillik baholashni oʻtkazish maqsadida Ochiq ma’lumotlar reestri (ODIN)ni yaratdi. Ma’lumotlarning sifati va ochiqligi monitoringini amalga oshirish orqali ular hukumatlarga, xalqaro tashkilotlarga va fuqarolarga Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM)ni baholash va erishish muammolarini hal etishga yordam berishlari mumkin.a