09/08/2023

2023- yilning 1- avgust holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 27 517 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 4 093 tani tashkil qildi (ulushi 14,9 %).
Xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan:

  • Namangan shahri – 974 ta
  • Chust tumani – 799 ta
  • To‘raqo‘rg‘on tumani – 318 ta
  • Uchqo‘rg‘on tumani – 315 ta
  • Mingbuloq tumani – 300 ta
  • Pop tumani – 294 ta

 

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng ko‘pi esa xususiy korxonalar quyidagicha:

  • savdo sohasida – 1 542 ta
  • sanoat sohasida – 752 ta
  • qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 512 ta
  • yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 290 ta
  • qurilish sohasida – 240 ta