2023-yilning yanvar-iyun oylarida respublika boʻyicha jami 1 670,9 ming tonna kartoshka yetishtirildi, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 103,3 % ni tashkil etdi.
Xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlil qilinganda, yetishtirilgan kartoshka umumiy hajmining 13,5 % i fermer xoʻjaliklariga, 85,6 % i – dehqon va tomorqa xoʻjaliklariga, 0,9 % i – qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga toʻgʻri kelganligini koʻrsatmoqda.