06/09/2023

Viloyatimizda qurilish va bunyodkorlik ishlariga qaratilayotgan yuksak e’tibor natijasida barcha hududlarida ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilib, yirik sanoat korxonalari, ijtimoiy obyektlar va ko‘p qavatli uy-joylar barpo etilmoqda.
2023- yilning 1- avgust holatiga ko‘ra, Namangan viloyat bo‘yicha 1631 ta qurilish korxonalari faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ular tomonidan joriy yilning yanvar-iyul oylarida 3 trln. 877,9 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. O‘sish sur’ati 2022- yilning mos davriga nisbatan 104,7 % ni tashkil etdi.

Qurilish ishlari hajmining tarkibida yirik qurilish tashkilotlari - 7,2 %, norasmiy sektor - 30,7% hamda kichik korxona va mikrofirmalarning ulushi 62,8 % ni tashkil etmoqda.

Hududlar kesimida eng ko‘p qurilish ishlari Namangan shahrida 466,9 mlrd. so‘m, Uychi tumanida 412,4 mlrd. so‘m va Davlatobod tumanida 403,2 mlrd. so‘mni tashkil etgan.