2023- yil 1- avgust holatiga Namangan viloyatida xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar soni 18 774 tani tashkil etib, joriy yilning yanvar-iyul oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 9 trln 824,6 mlrd so‘mni tashkil etdi va o’sish surati 2022- yilning mos davriga nisbatan 111,7 foizni ko‘rsatmoqda.
Shu bilan birga bozor xizmatlarining eng katta hajmlari uchta soha hissasiga to’g‘ri keladi.
Ya’ni, savdo xizmatlari 3 trln 51,3 mlrd, moliyaviy xizmatlar 1 trln. 705,5 mlrd, transport xizmatlari 1 trln 714,4 mlrd so‘mni tashkil etadi.
Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 2 mln 764,1 ming so‘mga yetdi. 2022- yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan o‘sish sur'ati 109,2 % ni tashkil etdi.
07/09/2023