07/09/2023

2023- yilning 1- avgust holatiga Namangan viloyatida 5045 ta sanoat korxonalari faloiyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ular tomonidan joriy yilning yanvar-iyul oylarida 11 trln. 149,4 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Bu 2022- yilning mos davriga nisbatan 1 trln. 960,0 mlrd. so‘mga ko‘paygan. Jumladan, 2023- yilning yanvar-iyul oylari davomida ishlab chiqaradigan sanoatda 25,4 ming tonna bug‘doy uni, 9,0 ming tonna paxta tolasi, 4,6 ming. tonna yog‘ mahsulotlari hamda 346,3 ming dona trikotaj kiyimlar ishlab chiqariligan.