07/09/2023

2023- yilning yanvar- iyul oylarida Namangan viloyatida iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 4 trln. 717,5 mlrd. so‘mga yetib, o‘sish sur’ati 2022- yilning mos davriga nisbatan 106,5 % ni, uning jami sanoatdagi ulushi 42,3 % ni tashkil etgan. Hududlar kesimida iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishining viloyat jami hajmidagi eng yuqori ulushi Namangan shahriga to‘g‘ri kelib 47,0 % ni, shuningdek, To‘raqo‘rg‘on tumani 10,8 % ni va Kosonsoy tumani 9,1 % ni tashkil etgan.