07/09/2023

2023- yil yanvar-iyun oylarida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar 7 trln 909,0 mlrd so‘mni tashkil qilib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 107,5 %ni tashkil etdi.
Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari;
To‘g‘ridan-to‘g‘ri va boshqa xorijiy investitsiyalar hamda kreditlar - 2 trln 421,6 mlrd. so‘m,
Korxonalar mablag‘i, mahalliy budjet va homiy rezident mablag‘lari –
2 trln 246,1 mlrd so‘m,
Bank kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari - 1 trln 635,2 mlrd so‘m,
Aholi mablag‘lari - 1 trln 29,2 mlrd. so‘m,
Respublika budjeti – 282,9 mlrd. so‘m,
O‘zbekiston Respublikasi kafolati bilan chet el kreditlari – 251,7 mlrd. so‘m,
Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi - 42,3 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Ma’lumot o‘rnida, asosiy kapitaldagi investitsiyalarning katta qismi qurilish montaj ishlariga yo‘naltirildi. Kiritilgan investitsiyalar hajmi 3 trln 938,6 mlrd so‘mni tashkil etdi, bu jami investitsiyalarning 49,8 % ini tashkil etadi.