07/09/2023

2023- yilning yanvar-iyul oylarida Namangan viloyati jahonning 75 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib, tashqi savdo aylanmasi 744,4 mln AQSH dollariga yetgan. Bu 2022- yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan 33,1 mln AQSH dollari yoki 4,7 % ga ko‘paygan. Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 316,3 mln AQSH dollarini, import hajmi esa 428,1 mln AQSH dollarini tashkil etdgan TSAning nisbatan salmoqli hissasi Rossiya (27,0 %), Xitoy (24,5 %), Turkiyada (9,7 %) va Qozog‘iston (7,2 %) qayd etilgan.