07/09/2023

2023- yilning yanvar-iyul oyida Namangan viloyatida chakana savdo tovar aylanmasi 9 trln. 973,7 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 2022 yilning yanvar-iyul oyiga nisbatan 106,6 % ga yetdi. Shu jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 600,7 mlrd. so‘mni, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 9 trln. 373,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi. O‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 3 mln. 310,3 ming. so‘mga, o‘sish sur’ati esa 2022 yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan 104,2 % ga yetgan.