08/09/2023

2022- yilda Namangan viloyati bo‘yicha ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalar soni 1111 tani tashkil etgan. Ular tomonidan mahsulot (tovarlar, ishlar va xizmatlar) sotishdan tushgan sof tushum 585,6 mlrd. so‘mga yetib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 98,2 mlrd.so‘mga ko‘paygan. Hududlar bo’yicha eng ko’p ayol rahbarligidagi korxonalar Namangan shahrida 247 ta, Pop tumanida 162 ta hamda Norin tumanida 122 tani tashkil etmoqda.