08/09/2023

2023- yilning yanvar-iyul oylarida Namangan viloyatida sog‘liqni saqlash sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar 597 tani tashkil etib, ular tomonidan joriy ilning yanvar-iyul oylarida 218,6 mlrd. so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan. O‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 102,7 %ga yetgan. Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlarning ulushi 2,2 % ni tashkil etdi.