08/09/2023

2023- yilning 1- avgust holatiga To‘raqo‘rg‘on tumanida jami 1834 ta korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Shundan 1568 tasini kichik tadbirkorlik subyektlari tashkil etmoqda. Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng ko‘p korxonalar savdoda 677 ta va sanoatda 360 ta faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, joriy yilning yanvar- iyul oylarida 212 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.