2023- yil 22- avgust kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi hamda tuman (shahar) statistika bo‘limlari xodimlari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish-yurt taraqqiyotining kafolati” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda boshqarma boshlig‘i S.Melixujayev hamda bosh yuriskonsult B.Ismatullayevlar yurtimizda korrupsiyaning har qanday shakldagi ko‘rinishiga qarshi keng ko‘lamda ishlar amalga oshirilayotganligini va bu borada aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimli choralar ko‘rilayotganligini, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini, jamoat va parlament nazoratini ta’minlash mexanizmlari takomillashtirilib, huquqni muhofaza qilish va sud organlari faoliyatining huquqiy asoslari isloh qilinganligini, bularning barchasi korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish uchun amalga oshirilayotganligini va korrupsiyaga yso‘l yo‘qilmagan mamalakatda rivojlanish yuqori bo‘lishiini ta’kidlab o‘tishdi.
O‘tkazilgan seminar qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.