Dunyodagi har bir mamlakat, oʻzining aholisi va uning yashash holati boʻyicha ishonchli maʻlumotga ega boʻlish maqsadida muntazam ravishda aholini roʻyxatga oladi.
Koʻpchilik insonlar aholini roʻyxatga olish amaliyotini statistik maʼlumotlar toʻplash tadbirlarining bir koʻrinishi, deb tushunadi. Ammo bu shunchaki statistika emas, balki mamlakat aholisining maʼlum bir vaqtdagi fotosuratini koʻrish imkoniyatini beradigan yirik miqyosdagi tadbir hisoblanadi. Bu tadbirlarni sifatli va haqqoniy oʻtkazish uchun targ'ibot va tashviqot ishlarini aʼlo darajada olib borishimiz zarur.
Shu maqsadda joriy yilning 16-noyabr kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasida "Aholini roʻyxatga olish jarayonlariga puhta tayyorgarlik ko‘rish" mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbirda Statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari R. Jiyanov, Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish bo‘limi xodimlari hamda Namangan muhandislik qurilish instituti buhgalteriya va menejment yo'nalishi 1-bosqich talabalari ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari R. Jiyanov O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari, aholini ro‘yxatga olishning maqsadi, ro‘yxatga olishning nima uchun zarurligi haqida tushunchalar berdi.
Shuningdek, Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i N. Najmiddinov Aholini roʻyxatga olish jarayonlarini xalqaro talablarga mos va sifatli oʻtkazishda kartografik materiallarning aniqligi ham muhim hisoblanishi, hududlarni xaritalash, aholi punktlaridagi uylarning roʻyxatini tuzish aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlikning eng asosiy bosqichlaridan biri ekanligini takidladi. Bu vazifaning toʻliq va sifatli bajarilishi, oʻz navbatida, roʻyxatga olish ishlarining samarali boʻlishiga zamin yaratadi.
Ochiq muloqot davomida aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazishda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi, bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar xususida atroflicha ma'lumotlar berildi. Talabar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.