📊 2023- yilning 12- sentabr kuni Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida kuzatuv dislokatsiyasiga tushgan aholiga xizmat ko‘rsatish shahobchalarida navbatdagi narx kuzatuvi o‘tkazildi.
🧾 Kuzatuv jarayonida viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari R. Jiyanov, Kosonsoy tuman statistikasi bo'limi boshlig'i A. Qirg'izov hamda narx registratori tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar narxlarining ko‘rsatkichlari, ularning shaffofligi qiyosiy o‘rganildi va olingan ma’lumotlar planshetlarga qayd etib borildi.
✅ O‘z o‘rnida boshqarma mas’ullari narx registratoriga kuzatuvlarda asosiy e’tibor qaratilishini lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan o‘z tavsiya va takliflarini bildirdi.
Jarayondan fotolavhalar: