Joriy yilning 13- sentabr kuni Namangan muhandislik-texnologiya institutida viloyat statistika boshqarmasi tomonidan “Aholini ro‘yxatga olish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Unda, viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari R. Jiyanov, Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish bo‘limi xodimlari hamda Namangan muhandislik-texnologiya instituti o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi.
Tadbirda boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari R. Jiyanov aholini ro‘yxatga olishning maqsadi, ro‘yxatga olishning nima uchun zarurligi, aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish bo‘yicha xorijiy davlatlar tajribalari va shu kunga qadar bajarilgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘grisida batafsil tushunchalar berdi.
Shuningdek, muloqot davomida aholini ro‘yxatga olishning tashkiliy va metodik tamoyillari, dasturiy-texnik ta’minoti va ma’lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha ham ma’lumotlar berildi.
Tadbir davomida aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazishda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi, bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar xususida atroflicha ma'lumotlar berildi.
Axborot xizmati