Namangan viloyatida 2022/2023 O‘quv yili boshiga jami umumta’lim muassasalari soni 742 tani tashkil etib, ulardan 384 tasi (51,7 %) qishloq joylarida, 358 tasi (49,3%) shaharlarda joylashgan.
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan umumta’lim muassasalari soni 1,6 % ga oshdi (12 ta). Namangan viloyatida umumta’lim muassasalari uch turga bo‘linadi: boshlang‘ich, umumiy O‘rta va boshqalar. 2022/2023 O‘quv yili boshiga umumta’lim muassasalarining umumiy sonidan 727 tasi umumiy O‘rta ta’lim maktablari, 9 tasi boshlang‘ich maktablar va 6 tasi boshqa muassasalar. Umumiy O‘rta ta’lim muassasalarida 527,5 ming O‘quvchi, boshlang‘ich ta’lim muassasalarida 1,8 ming O‘quvchi va boshqa ta’lim muassasalarida 1,5 ming O‘quvchi ta’lim olmoqda.