14/09/2023

2023- yil yanvar-iyul oyi yakuni bo‘yicha 229,3 mln. AQSH dollarilik to‘qimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, umumiy eksportning 72,5 % ini tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 5,6 % ga kamaaydi. Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibida tayyor to‘qimachilik mahsulotlari (26,4 %), tayyor trikotaj kiyimlar (24,2 %) asosiy ulushni egallagan. Yil boshidan 66 turdagi to‘qimachilik mahsulotlari dunyoning 29 ta davlatiga eksport qilindi.