2023- yilning 1- sentabr holatiga ko‘ra, viloyatimizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 210 tani, shundan qo‘shma korxonalar 115 ta va xorijiy korxonalar 95 tani tashkil etgan bo‘lib, ularning sohalar bo‘yicha soni quyidagi ko‘rinishda aks etdi:
- Sanoat sohasida – 94 ta
- Savdo sohasida – 48 ta
- Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 20 ta
- Qurilish sohasida – 11 ta
- Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 6 ta
- Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 6 ta
- Tashish va saqlash sohasida – 6 ta
- Boshqa sohalarda – 18 ta