2023- yilning 1- sentabr holatiga viloyatimizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 5 011 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning 18,3 foiz ulushini tashkil etdi, shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 4 962 taga to‘gri keldi.
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni quyidagicha taqsimlangan:
- Namangan shahri – 1 809 ta
- Chust tumani – 400 ta
- Namangan tumani – 400 ta
- Kosonsoy tumani – 392 ta
- To‘raqo‘rg‘on tumani – 360 ta
- Uychi tumani – 336 ta
- Uchqo‘rg‘on tumani – 279 ta
- Pop tumani – 252 ta
- Norin tumani – 233 ta
- Yangiqo‘rg‘on tumani – 222 ta
- Chortoq tumani – 196 ta
- Mingbuloq tumani – 132 ta