2022- yilda Namangan viloyati bo‘yicha ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalar soni 1111 tani tashkil etgan. Bu esa 2021- yilning mos davriga nisbatan 66 taga kam demakdir. 2022- yilda ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalarning, jami faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalar hajmidagi ulushi 4,9 % ni tashkil etgan.
Hududlar bo‘yicha ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalar sonining eng ko‘pi Namangan shahri (247 ta), Pop (162 ta), Norin (122 ta), To’raqo’rg’on (95 ta), Uchqo’rg’on (91 ta), Mingbuloq (76 ta), tumanlariga to‘g‘ri keldi. Eng past ko‘rsatkich Namangan va Yangiqo’rg’on tumanlarida 40 tani tashkil etgan.