18/09/2023

2023- yil yanvar-iyul oylarida Namangan viloyatning Belarus Respublikasi bilan tashqi savdo aylanmasi 18,0 mln.AQSh dollarini tashkil etib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 4,2 mln.AQSh dollariga ko’paygan. Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 2,9 mln.AQSh dollarini, import hajmi esa 15,1 mln.AQSh dollarini tashkil etgan. Ma’lumot o’rnida, Namangan viloyati o’tgan 7 oyda 75 dan ortiq davlatlar bilan tashqi savdo aloqlarini amalga oshirgan bo’lib, Viloyat tashqi savdo aylanmasidagi Belarus respublikasining ulushi 2,4 % bilan Polsha davlatidan keyin 8- o’rinni egallagan.