18/09/2023

2022- yilda kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 7 191,3 mlrd. so‘mni tashkil etgan.

Bu esa 2021- yilning mos davriga nisbatan investitsiyalarni 744,2 mlrd. so‘mga oshishini ta’minladi.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar miqdori va ulushining eng ko‘pi, sanoat tarmoqlarida 3 723,6 mlrd. so‘m (51,6 %), qurilishda sohasida 1 150,9 mlrd. so‘m (15,9 %), savdo 775,7 mlrd. so‘m (10,7 %), qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 624,2 mlrd. so‘m (8,6 %), tashish va saqlashda 408,1 mlrd. so‘m (5,7 %), sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda 200,5 mlrd. so‘m (2,8 %), yashash va ovqatlanishda 121,7 mlrd. so‘m (1,7%)ni tashkil etgan.