Namanganda 2023-yilning 1-sentabr holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 22 992 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 1 488 tani tashkil etgan.
Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi tumanlarda qayd etilgan:
- Namangan shahri – 661 ta
- Chust tumani – 110 ta
- Namangan tumani – 103 ta
- Uychi tumani – 102 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:
- savdo sohasida – 466 ta
- sanoat sohasida – 273 ta
- yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 242 ta
- qurilish sohasida – 222 ta
- tashish va saqlash sohasida – 98 ta