20/09/2023

2023-yil yanvar-avgust oylarida Namangan shahrida 4,5 trln. so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2022-yilning mos davriga nisbatan 113,3 %ni tashkil etgan. Viloyatdagi ulushi 39,8 %ga to‘g‘ri kelmoqda.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha savdoda 1072,7 mlrd. so‘m, transport xizmatlari 622,0 mlrd. so‘m, moliyaviy xizmatlar 1364,9 mlrd. so‘m, aloqa va axborotlashtirish 163,7 mlrd. so‘m, ta’lim sohasidagi xizmatlar 438,3 mlrd. so‘m, yashash va ovqatlanish 158,6 mlrd. so‘m, sog‘liqni saqlash 120,5 mlrd. so‘m, va boshqa sohalarda 554,6 mlrd. so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan.