21/09/2023

2023-yil 20-sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Jahon banki eksperti Obert Pimhidzay boshchiligidagi Qashshoqlik va tenglik masalalari bo‘yicha missiya vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

1_7b5a8190

Mazkur uchrashuvda Statistika agentligi direktori Begalov Bahodir Abdusalomovich, missiya vakillari Obert Pimhidzay, Ikuko Uochi, Rahimjon Assangaziyev “O‘zbekistonda statistika tizimini mustahkamlash” loyihasi doirasida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar xususida fikr-mulohaza almashishdi.

2_7b5a8201

Tadbir davomida "O'zbekistonda statistika tizimini mustahkamlash" loyihasini amalga oshirishning hozirgi holati, qashshoqlik profilini tahlil qilish bo'yicha texnik ko'maklashish masalalari bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

3_7b5a8214

Shuningdek, Jahon banki va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi o‘rtasidagi hamkorlik hamda kelgisida bajariladigan chora-tadbirlarga oid masalalar muhokama qilindi.

4_7b5a8205

Uchrashuv iliq va do'stona ruhda bo'lib o'tdi.