22/09/2023

Viloyatimizda eksport salohiyatini oshirish, eksportyorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, eksportbop mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish maqsadida amalga oshirilgan islohotlar natijasida eksportyorlar soni kengaymoqda. Jumladan, joriy yilning yanvar-avgust oylarida viloyatimiz eksportyorlari tomonidan 49 ta davlatga qiymati 369,4 mln. AQSH dollari miqdoridagi tovar va xizmatlar eksport qilinishi taʼminlandi. Eksport bo‘yicha asosiy hamkor davlatlar: Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi, Xitoy, Polsha va Turkiya kabi davlatlar bo‘lgan.