22/09/2023

2023-yil 1-sentabr holatiga Yangi Namangan tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan qurilish korxonalari soni 117 tani tashkil etib, ular tomonidan joriy yilning yanvar-avgust oylarida jami 321,7 mlrd. so‘mlik qurilish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgan. Qurilish ishlarining 58,3 %i kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan. Shuningdek, qurilish ishlarini 246,3 mlrd. so‘mi yangi qurilish, rekonstruksiya va kengaytirish ishlariga yo‘naltirilgan.