22/09/2023

Joriy yilning 22-sentabr kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi. Unda boshqarma bosh yuriskonsulti B.Ismatullayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.09.2023-yildagi “Notariuslar va kadastr organlarining idoralararo hamkorligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi 470-son Qarori yuzasidan tushunchalar berildi.

 Ushbu qaror bitimlarni notarial tasdiqlash va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, notariuslar va kadastr organlarining idoralararo o‘zaro hamkorligini takomillashtirish maqsadida qabul qilinganligini, xususan endilikda notariuslar bilan ma’lumot almashinuvida yer uchastkalari va ko‘p yillik dov-daraxtlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ham taqdim etish, turar joy oldi-sotdi shartnomasini notarial tasdiqlashda notariusga ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildini taqdim etish amaliyotini bekor qilish, notariuslar va kadastr organlarining o‘zaro hamkorligini «Elektron hukumat» tizimi orqali amalga oshirish, ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda kadastr pasportini tayyorlashning aniq muddatlarini belgilash belgilanganligini aytdi.


 

 Seminar davomida mazkur qarorning mazmun-mohiyati to‘liq tushuntirilib, ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga javoblar berib o‘tildi.