15/09/2023

Joriy yilning 15- sentabr kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi. Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti B.Ismatullayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.09.2023- yildagi “O‘zbekiston - 2030” stretegiyasini 2023- yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-300-son Qarori mazmun-mohiyati bo‘yicha tushunchalar berildi.

Seminar davomida mazkur Qarorning mazmun-mohiyati to‘liq tushuntirilib, Qarorga binoan, “O‘zbekiston - 2030” strategiyasida 5 ta ustuvor yo‘nalish belgilanganligini, xususan,

 -har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish;

-barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash;

-suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish;

-qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish;

-“xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirishdan iboratligini aytdi hamda Qarorga ko‘ra, joriy yilda va 2024- yil 1- yanvardan boshlab amalga oshiriladigan vazifalarni aytib, yuqoridagi qaror haqida to‘liq tushunchalar berib o‘tdi.


 

 Seminar davomida mazkur qarorning mazmun-mohiyati to‘liq tushuntirilib, ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga javoblar berib o‘tildi.