22/09/2023

2023-yil yanvar-avgust oylarida Kosonsoy tumanida 574,1 mlrd. so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2022-yilning mos davriga nisbatan 109,1 %ni tashkil etgan. Viloyatdagi ulushi 5,1 %ga to‘g‘ri kelmoqda. Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha savdoda 222,8 mlrd. so‘m, transport xizmatlari 102,3 mlrd. so‘m, moliyaviy xizmatlar 49,8 mlrd. so‘m, aloqa va axborotlashtirish 41,9 mlrd. so‘m, ta’lim sohasidagi xizmatlar 14,2 mlrd. so‘m, yashash va ovqatlanish 8,1 mlrd. so‘m, sog‘liqni saqlash 15,6 mlrd. so‘m, va boshqa sohalarda 119,4 mlrd. so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan.