22/09/2023

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida Kosonsoy tumanida 524,2 mlrd. so‘mlik chakana savdo tovar aylanmasi bajarilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2022-yilning mos davriga nisbatan 112,1 % ni tashkil etgan. Savdo aylanmasining 98,8 %i kichik tadbirkorlik hissasiga to‘g‘ri keladi. Aholi jon boshiga hisoblangan chakana savdo tovar aylanmasi hajmi esa 2 mln 342,1 ming so‘mni, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 109,6 %ni tashkil etgan.