22/09/2023

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida Pop tumani eksportyorlari tomonidan 14 ta davlatga qiymati 9,5 mln. AQSH dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilinishi ta’minlandi. Eksporti bo‘yicha asosiy hamkor davlatlar Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi, Rossiya, Afg‘oniston va Turkiya kabi davlatlar bo‘lgan.
Eksport tarkibida katta ulushni meva-sabzavot va poliz mahsulotlari tashkil etgan. Jumladan 1 653 tonna uzum, 128 tonna piyoz, 127 tonna pomidor, 2099 tonna o‘rik, shaftoli, gilos va boshqa mevalar o‘rin olgan.