26/09/2023

So‘nggi yillarda Namangan viloyatida amalga oshirilayotgan eksportni rag‘batlantirish, importini optimallashtirish va umuman olganda tashqi savdo muvozanatini taʼminlash maqsadida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida, joriy yilning yanvar-avgust oyida viloyatning tashqi savdo aylanmasi 903,9 mln. AQSH dollariga yetdi va 2022-yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 81,3 mln. AQSH dollariga yoki 9,9 % ga ko‘paydi.