Transport xizmatlari bo‘yicha eng katta ulush – avtomobil transportida yuk va yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha xizmatlarga to‘g‘ri keladi.
2023-yilning yanvar-avgust oylari yakuniga ko‘ra, avtomobil transportida yo‘lovchi tashish xizmatlari ulushi 57,4 %ga yetdi (2022- yil yanvar-avgust oylarida – 57,3 %). 2023-yilning o‘tgan davrida avtomobil transporti xizmatlari umumiy hajmida yuk tashish xizmatlari hajmi 42,6 % (2022-yilning yanvar-avgust oylarida – 42,7 %) darajasida qayd etildi.