26/09/2023

Viloyat bo‘yicha 2023-yilning yanvar-avgust oyida uyushmagan savdo tovar aylanmasi 1944,5 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022-yilning yanvar-avgust oyiga nisbatan 106,2 % ni tashkil etdi. Shu jumladan, 12 bozor va 12 bozor (chorva) (oylik) kuzatuvlari ma‘lumotlariga asosan, dehqon bozorlarda savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning uy xo‘jaliklarida yetishtirgan mahsulotlarini sotish hajmi 950,0 mlrd. so‘mni (108,0 %), chorva mollari va parrandalar sotuvchi jismoniy shaxslarning savdo aylanmasi hajmi 994,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi (104,5 %).