2023-yilning yanvar-avgust oylarida Namangan viloyatining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 420,0 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Shundan eksport 266,3 mln. AQSH dollariga yetgan boʻlsa, import 153,7 mln. AQSH dollari qiymatida qayd etildi. Savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 46,5 % ni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 3,6 % ga kamayib, so‘ngi uch yilda eng past ko‘rsatkichni qayd etdi.