2023-yilning yanvar-avgust oylarida Pop tumanining chakana savdo tovar aylanmasi 767,5 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 111,3 %ga ko‘paygan. Viloyatdagi ulushi 6,6 %ga yetib, o‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 3 mln. 304,1 ming. so‘mni, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 109,1 %ni tashkil etdi.