Joriy yilning yanvar-avgust oylarida Namangan viloyatida 219,8 mlrd. so‘mlik ichimliklar ishlab chiqarilgan bo‘lib, 9 ta xorijiy davlatga qiymati 582,5 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan jami 1,4 million litr mineral va gazlangan suv mahsulotlari eksportini amalga oshirgan. Suv mahsulotlarining katta qismi Qozog‘iston, Rossiya va Ozarbajon davlatlariga eksport qilingan.