2023-yilning yanvar-iyun oylarida Namangan tumanida asosiy kapitalga 948,3 mlrd so‘mlik investitsiyalar kiritilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2022-yilning mos davriga nisbatan 108,5 %ni tashkil etgan. Shuningdek, investitsiya dasturi doirasida tumanda 42,6 ming kvadrat metr yakka tartibdagi turar joylar foydalanishga topshirilgan.