2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Namangan viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 3 134,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022-yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 7,1 %ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 15,9 %ni tashkil etdi.